Tanlovlar katalogi
StipendiyaQabul yakunlangan

Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi — 2026/2027

Sog'liqni saqlash vazirligi

Boshlanishi
26.09.2026 00:00
Tugashi
26.10.2026 23:59
Ishtirok etuvchi OTMlar
11
Ta'lim darajalari
Bakalavriat, Magistratura

Tanlov haqida

Tibbiyot OTMlarining iqtidorli talabalari uchun stipendiya tanlovi. Tanlov uch bosqichda o'tkaziladi: texnik tekshiruv, portfelni ekspert baholash, suhbat va loyiha taqdimoti.

Minimal talablar8

  • O'zbekiston Respublikasi fuqarosimisiz?
  • Kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olasizmi?
  • So'nggi ikki semestr o'rtacha bali (100 ballik)
  • Bakalavriatning 1-kurs talabasimisiz?
  • Hozirda akademik ta'tildamisiz?
  • Akademik qarzdorlik mavjudmi?
  • Amaldagi intizomiy jazo mavjudmi?
  • Ayni o'quv yilida boshqa nomdor stipendiya olasizmi?

Quyidagi shaxslar tanlovda ishtirok eta olmaydilar:

Nizomning 14-bandiga muvofiq.

  • klinik ordinatura (rezidentura) bosqichida tahsil olayotgan shaxslar;
  • nodavlat tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar;
  • akademik ta'tilda bo'lganlar;
  • hujjatlarni topshirish muddatida o'qishdan chetlashtirilgan yoki o'qishini boshqa tashkilotga ko'chirish jarayonida bo'lganlar;
  • avvalgi tanlovlarda qalbaki hujjat yoki bila turib noto'g'ri ma'lumot taqdim etgani aniqlanganlar;
  • mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan davlat stipendiyalaridan birini ayni o'quv yilida olayotganlar;
  • Vazirlik markaziy apparati xodimlarining, shuningdek Vazirlik tizimidagi davlat tibbiyot oliy ta'lim tashkilotlari xodimlarining farzandlari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan yaqin qarindoshlari.

Tanlov kalendari

2026/2027-o'quv yili uchun Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi tanlovi reja-grafigi.

  1. 26-sentabr – 26-oktabr1-bosqich: Arizalarni qabul qilish
  2. 26-oktabr, soat 23:59Arizalar qabulini to'xtatish
  3. 27-oktabr2-bosqich: Texnik tekshiruvArizalarning to'liqligi va tanlov talablariga muvofiqligi ko'rib chiqiladi.
  4. 28–29-oktabr3-bosqich: Mustaqil ekspertizaNomzodlar portfeli belgilangan mezonlar asosida mustaqil baholanadi.
  5. 29-oktabr – 5-noyabrSuhbat va loyiha taqdimoti
  6. 6-noyabr4-bosqich: Dastlabki natijalarDastlabki g'oliblar ro'yxati elektron platformada e'lon qilinadi. Har bir OTM yakuniy saralash bosqichida ishtirok etish uchun vazirlikka raqamli platforma orqali 4 nafar bakalavriat va 2 nafar magistratura talabasi nomzodini tavsiya etadi.
  7. 6–10-noyabrApellyatsiyaDastlabki natijalardan norozi bo'lgan nomzod e'lon qilingan kundan boshlab bir (1) ish kuni davomida belgilangan shaklda yozma apellyatsiya beradi (platformadan tashqari). Apellyatsiyalar keyingi ikki (2) ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
  8. 6–10-noyabr5-bosqich: Yakuniy saralashVazirlik OTMlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlarni belgilangan mezonlar asosida ko'rib chiqib, har bir OTMdan 2 nafar bakalavriat va 1 nafar magistratura talabasi g'olib sifatida saralanadi.
  9. 15-noyabrgachaG'oliblarni e'lon qilishHozir

Izoh: Apellyatsiya arizalari dastlabki natijalar e'lon qilingan kundan boshlab bir (1) ish kuni davomida qabul qilinadi va keyingi ikki (2) ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.

Ariza bo'limlari8

  1. 1Shaxsiy ma'lumotlar
  2. 2OTM va ta'lim ma'lumotlari
  3. 3Akademik natijalar
  4. 4Ilmiy faoliyat
  5. 5Innovatsiya va amaliy tashabbuslar
  6. 6Volontyorlik va jamoatchilik faoliyati
  7. 7Kasbiy va qo'shimcha ko'nikmalar
  8. 8Loyiha / amaliy tashabbus konsepsiyasi

Talab etiladigan hujjatlar10

  • Ariza (3-ilova)Namunani yuklab olishpdf · 5 MB gachaMajburiy
  • Shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik (4-ilova)Namunani yuklab olishpdf · 5 MB gachaMajburiy
  • Fotosurat 3×4 (oq fonda)jpg · jpeg · png · 2 MB gachaMajburiy
  • CV (rezyume)pdf · doc · docx · 5 MB gachaMajburiy
  • Transkript / akademik ma'lumotnomapdf · jpg · jpeg · png · 10 MB gachaMajburiy
  • Ilmiy/innovatsion/klinik/jamoatchilik portfelipdf · jpg · jpeg · png · 20 MB gachaMajburiy
  • Kafedra mudiri tavsifnomasipdf · 5 MB gachaMajburiy
  • Akademik qarzdorlik va intizomiy jazo yo'qligi haqida ma'lumotnomapdf · jpg · jpeg · png · 5 MB gachaMajburiy
  • Loyiha konsepsiyasi (fayl)pdf · doc · docx · 10 MB gachaMajburiy
  • Xorijiy til sertifikatipdf · jpg · jpeg · png · 5 MB gachaIxtiyoriy

Ishtirok etuvchi OTMlar11

  • ADTIAndijon davlat tibbiyot instituti
  • BuxDTIAbu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
  • FJSTIFarg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
  • FTUFarmatsevtika texnik universiteti
  • QTIQoraqalpog'iston tibbiyot instituti
  • SamDTUSamarqand davlat tibbiyot universiteti
  • TDTUToshkent davlat tibbiyot universiteti
  • TDTU CFToshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
  • TDTU TFToshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
  • UrDTIUrganch davlat tibbiyot instituti
  • TashFarMIToshkent farmatsevtika instituti