Hozircha ochiq tanlov yo'q

Tibbiyot sohasidagi tanlovlar, grantlar va stipendiyalar — yagona elektron platformada

Arizani onlayn to'ldiring, hujjatlarni yuklang va har bir bosqichda arizangiz qayerdaligini kuzatib boring.

  • Onlayn, 24/7
  • O'zbek, rus va ingliz tillarida
  • Ma'lumotlar himoyalangan
Ochiq tanlovlar
0
Tibbiyot OTMlari
11
Jami tanlovlar
1
Yuborilgan arizalar
177
Sog‘liqni saqlash vaziri Eldor Adilov

Eldor Adilov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri

Vazir murojaati

Assalomu alaykum, aziz talabalar!

Sizni “Vazir stipendiyasi” raqamli platformasida samimiy qutlayman.

Bugun mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi va zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Ayniqsa, tibbiyot sohasida bizning eng katta boyligimiz — bu bilimli, izlanuvchan va o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan yoshlarimizdir.

“Vazir stipendiyasi” ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. Biz ushbu tashabbus orqali nafaqat bugun yuqori natijalarga erishayotgan talabalarni e’tirof etishni, balki kelajakda tibbiyotimiz taraqqiyotiga yangi bilim, yangi g‘oya va yangi yondashuvlar olib kiradigan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni istaymiz.

Men uchun eng muhimi — har biringiz o‘z imkoniyatingizga ishongan holda, bu stipendiyani faqat mukofot sifatida emas, balki yanada katta maqsadlar sari qadam sifatida ko‘rishingizdir.

Sizning bugungi izlanishingiz — ertangi tibbiyotimizning sifati. Sizning yutug‘ingiz esa mamlakatimiz kelajagiga qo‘shilgan hissadir.

Barchangizga muvaffaqiyat tilayman. O‘z ustingizda ishlashdan va katta maqsadlarni ko‘zlashdan hech qachon to‘xtamang.

Katalog

Tanlovlar katalogi

Ochiq va yakunlangan tanlovlar, grantlar va stipendiyalar

  • Qabul yakunlangan

    Stipendiya

    Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi — 2026/2027

    Sog'liqni saqlash vazirligi

    Boshlanishi
    26.09.2026
    Tugashi
    26.10.2026
  • Tez orada

    Stajirovka

    Fransiyaning AP-HP klinikalarida stajirovka o'tish 2027/2028

    Sog'liqni saqlash vazirligi

    Boshlanishi
    E'lon qilinadi
    Tugashi
    E'lon qilinadi

Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'oliblari

Yangi avlod tibbiyot mutaxassislari — kelajagimizni birgalikda quramiz.

  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish
  • Sog'liqni saqlash vaziri stipendiyasi g'olibi siz bo'lishingiz mumkin!

    • Mutaxassislik:
    • Hudud:
    • OTM:
    Ariza topshirish

Yordam

Ko'p beriladigan savollar

Vazir stipendiyasi bo'yicha asosiy savollar. To'liq ro'yxatda — Nizom asosida 50 dan ortiq javob.

Barcha savollar
Tanlovda kimlar qatnasha oladi?

O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan, Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat oliy ta'lim tashkilotida kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatning 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari hamda magistratura talabalari.

Asos: Nizom 10-bandi

Tanlovda qatnashish uchun o'rtacha baho qancha bo'lishi kerak?

So'nggi ikki o'quv semestri yakunlari bo'yicha o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi kamida 86 ball yoki muqobil baholash tizimida unga teng ko'rsatkich bo'lishi kerak.

Asos: Nizom 12-bandi

Qanday hujjatlar talab qilinadi?

Asosiy hujjatlar: belgilangan shakldagi ariza (3-ilova); oq fondagi 3×4 fotosurat; CV va aloqa ma'lumotlari; so'nggi ikki semestr transkripti; yutuqlar portfeli va tasdiqlovchi hujjatlar; “O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishga mening hissam” mavzusida 1 000 so'zgacha loyiha yoki amaliy tashabbus konsepsiyasi (matni arizada to'ldiriladi va fayl sifatida ham yuklanadi); xorijiy til sertifikati (mavjud bo'lsa); shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik (4-ilova); kafedra mudiri tavsifnomasi; akademik qarzdorlik va amaldagi intizomiy jazo yo'qligi haqidagi ma'lumotnoma.

Asos: Nizom 21-bandi

Tanlov nechta bosqichdan iborat?

Uch bosqichdan: 1) hujjatlarning to'liqligi va minimal talablarga muvofiqligini texnik tekshirish; 2) portfelni mustaqil ekspertlar baholashi; 3) eng yuqori portfel natijasini olgan nomzodlar bilan suhbat va loyiha/amaliy tashabbus taqdimoti.

Asos: Nizom 31-bandi

G'olib bo'lish uchun minimal yakuniy ball qancha?

Nomzod jami 100 ballning kamida 60 ballini, shu jumladan suhbat bosqichida kamida 10 ballni to'plashi kerak. G'oliblar shu talabga javob bergan nomzodlar orasidan kvota doirasida eng yuqori yakuniy ball bo'yicha aniqlanadi.

Asos: Nizom 35-bandi

Stipendiya miqdori qancha?

Bakalavriat talabalari uchun har oy amaldagi BHMning 3 baravari, magistratura talabalari uchun esa BHMning 4 baravari miqdorida.

Asos: Nizom 7-bandi; Buyruq 3-bandi